O‘YIN TARTIBI

O‘yin qoidalari

Formatlar, ballar va apellyatsiya tartibi.

Zakovat

  1. Savollarni eshiting, jamoa bilan muhokama qiling va bitta yozma javob bering.
  2. Boshlovchi belgilagan vaqt ichida har savolga jamoa nomidan bitta javob topshiring.
  3. Ballar 6 tur bo‘yicha hisoblanadi.

Quiz

  1. Mavzuli turkumlarda jamoa bilan savollarga javob bering. Har tur natijasi alohida qayd etiladi.
  2. Boshlovchi belgilagan vaqt ichida har savolga jamoa nomidan bitta javob topshiring.
  3. Ballar 1 tur bo‘yicha hisoblanadi.

Erudit-kvartet

  1. Ishtirokchilar navbat bilan o‘z mavzusida o‘ynaydi. Shaxsiy natija alohida hisoblanadi.
  2. Shaxsiy ballar o‘yinchi bo‘yicha qayd etiladi.
  3. Ballar 1 tur bo‘yicha hisoblanadi.
  4. Shaxsiy ballar alohida reytingda qoladi.

Apellyatsiya tartibi

  1. Natija e’lon qilingach, boshlovchi aytgan muddat ichida hakamlarga yozma murojaat qiling.
  2. O‘yin nomi, tur va savol raqami, javobingiz va asoslovchi manbani ko‘rsating.
  3. Hakamlar qarorini e’lon qiladi. Ball o‘zgarsa, jonli jadval yangilanadi.

To‘lov qoidalari

Jamoa qanday to‘laydi?

Jamoa uchun to‘lov 360 000 so‘m, bir kishiga 60 000 so‘m. Sardor summani to‘liq yoki birinchi 50% qismini kartaga o‘tkazadi. Turnirga 3 kun qolganda faqat to‘liq to‘lov qabul qilinadi.

Qolgan summani qayerda to‘laymiz?

12-dekabr kuni ro‘yxat stolida o‘yin boshlanishidan oldin kartaga o‘tkazma orqali to‘lang. Naqd pulni tashkilotchi istisno tariqasida tasdiqlashi mumkin. Qoldiq o‘z vaqtida yopilmasa, jamoa o‘yinga kiritilmaydi.

Birinchi to‘lov qaytariladimi?

Birinchi to‘lov qaytarilmaydi. Tashkilotchidan uni boshqa jamoaga yoki keyingi turnirga o‘tkazishni so‘rashingiz mumkin.

Joy qancha vaqt saqlanadi?

Jamoa tuzilgach 48 soat ichida birinchi to‘lovni qilib, uni bildirishingiz kerak. Xabar berganingizdan keyin tekshiruv tugaguncha joyingiz saqlanadi.

Yakka qatnashsam, qachon to‘layman?

Tashkilotchi sizni jamoaga qo‘shgach, 72 soat ichida 60 000 so‘mni to‘liq to‘laysiz. Karta ma’lumotlari shaxsiy hisobingizda chiqadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Jamoam yo‘q. Qatnashsam bo‘ladimi?

Ha. Yakka ariza yuboring. Tashkilotchilar navbatdagi arizalar asosida jamoa tuzishadi.

Oxirgi o‘rinni bo‘sh qoldirsam bo‘ladimi?

Ha, ariza yuborayotganda mumkin. Tasdiqlash uchun tarkib to‘liq bo‘lishi kerak.

Ball teng bo‘lsa nima bo‘ladi?

Zakovat va umumiy jadvalda tay-brek bali mavjud bo‘lsa, u hisobga olinadi. Tenglik saqlansa, o‘rin bo‘linadi.

Ishtirok etish